Joriy yil 6 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi hamda “kun.uz”, “effekt.uz”, “taftish.uz” internet nashrlari hamda “Darakchi” gazetasi o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida OAVlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda tayyorgarlik ishlarining olib borilishi va o`tkazilishini yoritish bo`yicha ikki tomonlama memorandumlar imzolandi.

Imzolangan memorandumlarni amalga oshirish doirasida barcha darajadagi saylov komissiyalarining faoliyatini izchil yoritib borish, siyosiy partiyalar va nomzodlar uchun ularning saylovoldi dasturlari qoidalari, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy rivojlanishining muhim masalalariga oid mustaqil nuqtai nazarlarini saylovchilarga, jamoatchilikka etkazishda ommaviy axborot vositalarida teng hajmda efir vaqti va nashr maydoni ajratish yo`li bilan keng va teng imkoniyatlar yaratishga alohida e`tibor qaratiladi.
Ma`lumot uchun: Joriy yil 14 iyul kuni O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, “Zo`rTV” teleradikompaniyasi, “Uzreport” hamda “Dunyo” axborot agentliklari o`rtasida, 27 avgust kuni “Xalq so`zi”-“Narodnoe slovo”, “Yangi O`zbekiston” - “Pravda Vostoka”, “Hurriyat” gazetalari, “Human.uz”, “Qalampir.uz”, “Bugun.uz”, “Nova24.uz” internet nashrlari, «Bright Uzbekistan» axborot portali o`rtasida Prezident saylovlarini yoritish bo`yicha ikki tomonlama memorandumlar imzolangan edi.






