AsosiySport

Og`ir atletika: Xusinboy Matrasulov Jahon chempionatining bronza medali sohibi bo`ldi

'Og`ir atletika: Xusinboy Matrasulov Jahon chempionatining bronza medali sohibi bo`ldi'ning rasmi

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida og`ir atletika bo`yicha o`smirlar o`rtasida Jahon chempionati bo`lib o`tmoqda. Unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz a`zolari kecha o`zlarining ilk medalini qo`lga kiritishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

O`g`il bolalar o`rtasida -61 kg vazn toifasida supachaga chiqqan hamyurtimiz Husinboy Matrasulov dast ko`tarish mashqida 119 kg natija ko`rsatib, mazkur yo`nalishda uchinchi yaxshi natijani qayd etdi. Bu esa hamyurtimizga kichik bronza medalini taqdim etdi.

Matrasulov siltab ko`tarish mashqida 133 kg, ikki kurashda esa 252 kg natija qayd etdi. Afsuski, bu ko`rsatkich hamyurtimizga sovrindorlar safidan joy olishi uchun biroz kamlik qildi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar