AsosiyJamiyat

Namanganda Koreyaga yuborishni va`da qilgan MChJ rahbari fuqarolarni katta pulga "uxlatdi"

'Namanganda Koreyaga yuborishni va`da qilgan MChJ rahbari fuqarolarni katta pulga "uxlatdi"'ning rasmi

2021 yil 1 oktyabr` kuni, Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi, 1989 yilda va 1967 yilda tug`ilgan fuqarolar ariza bilan murojaat qildi, deya yana bir fifribgar qilmishi haqida xabar bermoqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, 2018 yil yoz oylarida, Chortoq tumanida yashovchi, Namangan shahridagi MChJ rahbari, 1978 yilda tug`ilgan fuqaro ularni ishonchiga kirib, Koreya davlatiga ishga jo`natishini, u erda ish bilan ta`minlashini aytib, aldab, fuqarolardan 5.050 AQSh va 5.300 AQSh dollarini olib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Bundan tashqari, fuqaro o`zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2018 yil yoz oylarida, Namangan shahrida yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, Koreya davlatiga ishga jo`natishini aytib, aldab, 56.000.000 so`m pul va 70 AQSh dollarini olib, o`zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 oktyabr` kuni O`z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar