"Moderna" asoschilaridan Noubar Afeyan va Robert Langer, shuningdek, ilk investor Timoti Springer 2021 yil Forbes jurnalida “400 nafar eng boy amerikaliklar” ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda manbalari Zamon.uz nashri xabar bermoqda
Malumotlarga ko`ra, kompaniya asoschilaridan biri Noubar Afeyan qariyb 5 milliard dollar miqdoridagi boylikga ega. Robert Langerning 4,9 milliard dollar, kompaniyaga millionlab sarmoya kiritgan Timoti Springerning esa 5,9 milliard dollar mablag`i bor. Bu ko`rsatkichlar bilan "400 eng boy amerikaliklar" ro`yxatida Timoti Springer 176, Noubar Afeyan va 212 va Robert Langer 222-o`rinni egallagan.
Qayd etilishicha, pandemiya natijasida iqtisodiy inqiroz kuzatilganiga qaramay, 2021 yilgi “400 nafar eng boy amerikaliklar” ro`yxati Forbes'ning 2020 yildagi ko`rsatkichlariga nisbatan 40 % ga ortgan.
Mazkur ro`yxatga 2007 yildan buyon yangi nomlar kiritilgan. Ularning aksariyatini moliya, texnologiya va sog`lini saqlash sohalaridagi milliarderlar tashkil qilgan.