1

Gripp va o`tkir (O`RVI)ga chalingan bemorlar nima qilishlari kerak? Shifokor javob berdi

Salomatlik 07.10.2021, 18:25
Gripp va o`tkir (O`RVI)ga chalingan bemorlar nima qilishlari kerak? Shifokor javob berdi

Gripp va o`tkir (O`RVI)ga chalingan bemorlar nima qilishi kerak? Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori Muhayyo ASILOVA ushbu savolga javob berdi.

"Kasallikning oldini olishda tanani chiniqtirish, badantarbiya bilan muntazam shug`ullanish, ochiq havoda yurish, o`z vaqtida ovqatlanish alohida ahamiyatga ega",–deydi shifokor.  

"Sovuq kunlarda issiq kiyinish, albatta bosh kiyim kiyish, oyoqlarni issiq bo`lishi muhimdir. Kasallik avj olgan paytda, ayniqsa, bugungidek kasallik koronavirus pandemiyasi fonida kechayotgan vaziyatda barcha fuqarolarimizga niqob taqish tavsiya etiladi.

O`zingiz va atrofdagilar sog`lom bo`lishini xohlasangiz, gripp va o`tkir respirator kasalliklariga gumon qilinsa, darhol shifokorga murojaat qiling va doimo quyidagilarga amal qiling:

Gripp va o`tkir respirator virusli infeksiya (O`RVI) bilan og`rigan barcha bemorlar isitma davrida, albatta, yotishi va shifokorni uyiga chaqirishi;

  • Kasallikni oyoqda o`tkazmaslik
  • Shifokor maslahatlari va tavsiyalari asosida ish tutish;
  • Agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o`rin-ko`rpa ajratilib, kam harakat qilish;
  • Bemorga qarayotganlar burun va og`izlarini respirator yoki dokali niqob bilan to`sishlari va qo`llarini tez-tez sovunlab yuvib turishlari;
  • Bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tozalov ishlarini amalga oshirish;
  • Yo`talganda va aksirganda og`iz-burninni ro`molcha bilan yopishni;
  • Bemorlar ko`proq suyuqlik — quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm bo`ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste`mol qilinishi tavsiya etiladi".

Shuningdek, uning qayd etishicha, o`zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og`ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1