AsosiySport

“Neftchi” Superliga yo`llanmasini qo`lga kiritdi

'“Neftchi” Superliga yo`llanmasini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Bugun, 7 oktyabr kuni O`zbekiston Pro-ligasining 20-turida Buxoroda “Nurafshon” va “Neftchi” jamoalari o`zaro kuch sinashdi. Uchrashuvda mehmonlar katta tashabbusga erishdi va 4:1 hisobida g`alaba qozondi. Bu haqda Turizm va sport vazirligining Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Ushbu g`alaba “Neftchi” klubiga Superliga eshiklarini ochdi. Chunki, Buxorodagi g`alaba evaziga farg`onaliklar o`z ochkolari sonini 40taga etkazib oldi va 3-o`rindagi jamoadan etib bo`lmas darajada o`zib ketdi.

Ta`kidlash kerak, O`zbekistonning 5 karra chempioni bo`lgan mashhur “Neftchi” klubi so`nggi uch mavsumni Pro-ligada o`tkazdi.

 

    Boshqa yangiliklar