JCh-2022 saralash bahslarida Janubiy Koreya Sonning goli evaziga Suriyani mag`lub etib, guruh peshqadamiga aylanib oldi.
Qatarda o`tadigan JCh-2022 uchinchi saralash bosqichi «A» guruhi 3-turi doirasida Janubiy Koreya o`z maydonida Suriyaga qarshi saf tortdi.
Uchrashuvda In Bom hisobni ochgan bo`lsa, 84-daqiqada Omar Harbin suriyaliklarning javob golini kiritdi. 89-daqiqada esa koreyaliklar etakchisi Son Hyon Min goli bilan mezbonlarga muhim g`alabani keltirdi – 2:1.
Natijada, Janubiy Koreya 3 o`yindan keyin 7 ochko bilan hozircha guruh peshqadamiga aylanib oldi. Eron hisobida 2 o`yindan keyin 6 ochko bo`lib, forslar bugun BAAga qarshi saf tortishadi.
7 oktyabr (payshanba)
JCh-2022 3-saralash bosqichi.
A guruhi. 3-tur
Janubiy Koreya – Suriya – 2:1
Gollar: Xvan In Bom 48, Son Hyon Min 89 – Omar Harbin, 84.






