AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

'Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko`ra, bugun Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 17-19° iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

Toshkent,Samarqand,Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati hududida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

Andijon, namangan, Farg`ona viloyatlari hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar