AsosiyDunyo

Yaponiyada 21 oktyabr – O`zbek tili bayrami kuniga bag`ishlangan chellenj e`lon qilindi

'Yaponiyada 21 oktyabr – O`zbek tili bayrami kuniga bag`ishlangan chellenj e`lon qilindi'ning rasmi

21 oktyabr – O`zbek tili bayrami kunini Yaponiyada keng nishonlash maqsadida mamlakatimiz elchixonasi tomonidan o`zbek tilini targ`ib etishga bag`ishlangan chellenj tashkil qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yapon fuqarolari ushbu chellenjda faol ishtirok etmoqda. Xususan, Yaponiyadagi O`zbekiston Yoshlari jamiyatining faol a`zosi Nisizava Satoru ushbu aksiyaga Alisher Navoiy g`azallaridan namuna o`qish bilan qo`shildi. O`zbekiston elchixonasi xodimlarining farzandlari ham chellenjda faollik ko`rsatmoqda. Ular O`zbekiston qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovning «O`zbegim» qasidasini aytib  berdi.

 O`zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasidan ma`lum qilinishicha, 11 oktyabr kuni Tokio chet tillar universitetida O`zbek tili bayrami kuniga bag`ishlangan davra suhbati va 19 oktyabr kuni elchixonada faol vatandoshimiz Nodira Aminova tomonidan yapon tiliga tarjima qilingan «Zumrad va Qimmat» ertagining sahnalashtirilgan namoyishi rejalashtirilmoqda.  

Bundan tashqari, 21 oktyabr – O`zbek tili bayrami kuniga bag`ishlangan boshqa qator tadbirlar va yapon tilshunoslari ishtirokida onlayn-konferensiya tashkil etishga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar