Finlyandiya 7-oktyabr kuni 30 yoshgacha bo`lgan erkaklarni Moderna vaksinasi bilan emlashni to`xtatdi. Buning sababi u miokarditni xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Bu haqda Shvesiyaning "Omni" axborot portaliga tayanib "IA REGNUM" ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, bu qaror mamlakat Sog`liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish milliy instituti tomonidan qabul qilingan.
Bo`lim boshlig`i Mika Salminen so`zlariga ko`ra, yuqorida ko`rsatilagn yoshdagi fuqarolar agar birinchi dozada Moderna vaksinasini olishgan bo`lsa, ikkinchi dozasi uchun "Pfizer"ni qabul qilishlari mumkin.
Ma`lumot o`rnida, Shvesiya va Daniya ham kecha 1991 yoki undan keyin tug`ilgan barcha uchun "Moderna" vaksinasini to`xtatishga qaror qilgan.
Dilbar ABDUNABIEVA tarjima qildi