Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Unda, fuqaro Q.Z. tadbirkor S.ning ishonchiga kirib, unga “FLASH” energetik ichimligi dilerligini va katta miqdordagi ichimliklarni olib berishni va`da qilib, tadbirkorning 189,6 mln so`m va 7 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






