AsosiyJamiyat

Intizomiy jazolanganligiga qaramay xulosa chiqarmagan yakkabog`lik YPX xodimi bu safar ishdan olindi

'Intizomiy jazolanganligiga qaramay xulosa chiqarmagan yakkabog`lik YPX xodimi bu safar ishdan olindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda “Bu nimasi? Qashqadaryo viloyati, Yakkabog` tumanida GAI xodimi huquqbuzarlikda gumon qilingan fuqaroning mashinasini jarima maydoniga haydovchining ruxsatisiz haydab ketganligi aytilmoqda” izohi bilan video tarqalgan edi. 

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilgan.  Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati Axborot xizmati xabar bermoqda. 

O`tkazilgan xizmat tekshiruviga ko`ra, Yakkabog` tumani IIB YHXB YPX inspektori Z.Husanov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganligiga qaramasdan o`ziga tegishli xulosa chiqarmay, xizmat mobaynida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risidagi Nizom" hamda Ichki ishlar vazirining me`yoriy buyrug`i talablarini buzganligi uchun "egallab turgan lavozimidan ozod etilishi" bo`yicha xulosa qilindi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar