2021 yilgi tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist Mariya Ressaga topshiriladi. Nobel qo`mitasi ularning demokratiya va tinchlikning asosiy sharti bo`lmish so`z erkinligini himoya qilishdagi sa`y-harakatlarini e`tirof etdi. Bu haqda Gazeta.uz Jahon OAViga asoslanib xabar bermoqda.
2021 yilgi tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti jurnalistlar Mariya Ressa (Filippin) va Dmitriy Muratovga (Rossiya) topshirildi.
Nobel qo`mitasining ta`kidlashicha, mukofot ularning «demokratiya va davomiy tinchlikning asosiy sharti bo`lgan so`z erkinligini himoya qilishdagi sa`y-harakatlari uchun» berilgan.
Rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov «Novaya Gazeta» gazetasining bosh muharriri hisoblanadi. Jurnalistlarni himoya qilish qo`mitasi uning tahririyatini «bugungi kunda Rossiyada mamlakat miqyosida ta`sirga ega yagona haqiqiy tanqidiy gazeta» deya ta`riflagan.
Mariya Ressa filippin-amerikalik jurnalist va muallif bo`lib, u qariyb yigirma yil davomida CNN uchun janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida surishtiruvchi muxbir sifatida faoliyat yuritgan. U, shuningdek Fillipindagi onlayn OAV Rappler`ning ham-muassisi va ijrochi direktori hisoblanadi.