Bugun, 8 oktyabr kuni soat 04:50 da Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahar “Ko`xnadam” MFY Toshkent ko`chasida joylashgan uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lganligi to`g`risida Kattaqo`rg`on shahar FV bo`limiga xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Shunga ko`ra, 2ta yong`in-qutqaruv guruhi soat 04:55 da hodisa joyiga etib borgan. Havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ushbu xonadonga mehmon bo`lib kelgan 1982 yilda tug`ilgan A.A (erkak kishi) kuyish tan jarohati olib, Kattako`rg`on shahar Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Shifokorlar tomonidan A.Aning yuzi, bo`yni ko`krak oldi, ikkala qo`l sohasi termik kuyish tashhisi qo`yilgan va umumiy kuyish sathi 50% tan jarohati olganligini ma`lum qilingan.
Voqea kelib chiqishining taxminiy sababi, xonadonga yaqin er ostidan o`tgan tabiiy gaz quvuridan sizib chiqqan gazning uyiga to`planishi natijasida chaqnash yuzaga kelgan.
Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha ishlar olib borildi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.