Quva tumanidaga erlardan yillar davomida foydalanayotgan fermerlar meva va sabzavotlarini eksportga chiqarishda amaliy yordam beradigan kimsa bilan tanishib qoladilar. 3-4 marotaba anor, o`rik, sabzavotlarni qo`shni mamlakatlarga eksport qilishga ko`maklashgan kishini fermerlar o`zlarining qadrdoni deb biladilar va ishonadilar.
2019 yilda fermerlar etishtiradigan mahsulotlarga xorijda talab yuqori ekanligi, yaxshigina pulga sotib olishlari, mablag` esa ularning xissob raqamiga tushishi, bu uchun har bir fermer muhrlarini unga berishlarini aytgan. Soddagina 21 nafar fermerlar o`z muhrlarini unga ishonib topshiradilar.
Ammo ularning hisob raqamiga mablag`lar tushmadi. Oradan ancha vaqt o`tib fermerlarning xonadoniga suddan chaqiruv qog`ozi keladi. Sudda aytilishicha, har bir fermer xorijga bir nechta turdagi mahsulotlarni eksport qilgan, ammo soliq to`lovlari vaqtida to`lanmagan. Shu sababli, fermerlarning har biri qarzdorlikni to`lab qo`yishi, agarda vaqtida to`lanmaydigan bo`lsa jinoy ish qo`zg`atilishi aytiladi.
Bundan ko`rinadiki, firibgar ularning muhridan foydalanib o`zining maqsadlarini amalga oshiradi. Firibgar qo`lga olinib, muhrlar qaytarildi. Ammo har bir fermer bo`ynidagi qarzlarini to`lashi kerak. Imkonsiz qolgan 21 nafar fermerlar Farg`ona viloyati adliya boshqarmasi xodimlaridan yordam so`radilar.
Fermerlar muammolari hal etildi. Bu borada ko`mak bergan Adliya xodimlaridan xursand ekanliklarini aytadilar. Firibgarga nisbatan esa jinoiy ishlar qo`zg`atildi. Er egalari esa endilikda odamlarga ishonishda xushyor bo`lishlarini takrorlamoqdalar.






