Bollivudning mashhur aktyori Shohruh Xonning o`g`li Aryan Xon narkotik moddalarga oid jinoyat ishiga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olindi.
Rossiya matbuotining xabar berishicha, Bollivud super yulduzi Shohrux Xonning o`g`li Aryan Xon narkotik tarmog`iga aralashib qolgan. Aryan 7 kishi bilan birga 2 oktyabr kuni Mumbay-Goa yo`nalishi bo`ylab sayohat qilayotganda hibsga olingan. U va yana ikki kishi - Arbaz Seth Merchant va Munmun Dhamecha bugun hibsda so`roq qilinganidan keyin NCB tomonidan hibsga olindi. Shundan so`ng, kasalxonada ham tibbiy ko`rik o`tkazilgan. Advokat Satish Maneshinde NCBning Mumbaydagi ofisiga kelgan va Aryan Xonning vakili bo`ladi, deb xabar beradi Wion News. Aytilishicha, Aryan bugun kechki 19:00 da magistratura sudiga olib boriladi va u erda NKB polisiya hibsiga olishni so`raydi.
Shohruxning o`g`li Aryanga "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to`g`risida" gi qonunning 27 -moddasi bo`yicha ayblov qo`yilgan.
Shohruxning o`g`li Aryan bir vaqtning o`zida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to`g`risida”gi qonunning bir nechta moddalari bilan, jumladan, giyohvand moddalarni iste`mol qilish, ishlab chiqarish, saqlash va sotib olishda ayblanmoqda.
Risolat MAXSIMOVA tayyorladi






