AsosiyJinoyat

Qo`qonda qalbaki pul ishlab chiqargan shaxs aniqlandi

'Qo`qonda qalbaki pul ishlab chiqargan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Qo`qon shahri. 07-iyul kuni O.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 27-iyun kuni noma`lum shaxs Furqat ko`chasida joylashgan dehqon bozoriga kelib, narhi 100.000 so`mlik tarvuz-qovun mahsulotlarini sotib olib, 100 AQSh dollarli kupyuradagi qalbaki pulni berib, 950.000 so`m qaytim olib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, 1 dona 100 AQSh dollari kupyuradagi pullar poligrafik usulda nusxa ko`chirib ko`paytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.Sh sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar