AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus xonadonga urildi. IIBB holat yuzasidan ma`lumot berdi

'Toshkentda avtobus xonadonga urildi. IIBB holat yuzasidan ma`lumot berdi'ning rasmi

Kecha, 8 oktyabr kuni Toshkentning Qo`yliq mavzesida yo`lovchi tashuvchi avtobus fuqaro xonadoniga urilgani haqida xabar bergan edik. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur hodisa bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, 8 oktyabr kuni soat taxminan 07:00 larda Yashnobod tumani, Uysozlar 1-tor ko`chalari kesishgan chorrahasida, haydovchi 1987 yilda tug`ilgan M. Qodir boshqaruvidagi Mercedes Benz rusumli yo`lovchi tashuvchi avtobusida harakat davomida boshqaruvni yo`qotib, ushbu chorrahadagi svetofor va yo`l yoqasidagi uyga borib urilib to`xtagan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q, ushbu avtobusda faqat haydovchining o`zi bo`lgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar