AsosiyJamiyat

O`z joniga qasd qilishga moyil, ruhiyatida o`zgarish kuzatilgan qizlar ro`yxati shakllantiriladi

'O`z joniga qasd qilishga moyil, ruhiyatida o`zgarish kuzatilgan qizlar ro`yxati shakllantiriladi'ning rasmi

O`zbekistonda o`z joniga qasd qilishga moyil, ruhiyatida o`zgarish kuzatilgan o`quvchi qizlar ro`yxati shakllantiriladi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

O`zbekistonda o`z joniga qasd qilishga moyil, ruhiyatida o`zgarish kuzatilgan o`quvchi qizlar ro`yxati shakllantiriladi

Vazirlar Mahkamasi «O`zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi qarorni qabul qildi.

Ma`lum bo`lishicha, Xalq ta`limi vazirligi o`z joniga qasd qilishga moyil, ruhiyatida o`zgarish kuzatilgan o`quvchi qizlar ro`yxatini shakllantiradi, ularga tibbiy va psixologik ko`mak ko`rsatish bo`yicha manzilli ishlarni tashkil etadi. Shuningdek, vazirlik moslashtirish bo`yicha namunali markazga joylashtirilgan ayollarning voyaga etmagan farzandlarini umumiy o`rta ta`lim muassasasiga joylashtirish choralarini ko`radi.

Qayd etilishicha, ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish bo`yicha respublika, hududiy hamda tumanlararo namunali markazlar Milliy gvardiyaning qo`riqlash xizmati bo`linmalari tomonidan qo`riqlanadigan ob`ektlar ro`yxatiga kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar