AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 22 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi

'O`zbekistonda 22 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi'ning rasmi

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 22 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi, to`liq emlanganlar 5 million nafardan oshdi.

8 oktyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 231 549 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 96 336 nafarni,  

2-bosqich emlanganlar 66 444 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 68 769 nafarni tashkil qildi.

   Ayni kungacha mamlakatimizda jami 22 209 839 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 12 122 321 nafarni,  

2-bosqichda emlanganlar 7 031 631 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 3 055 887 nafarni tashkil qildi.  

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 5 026 572 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

Surxondaryo viloyati (38 334 doza),

Namangan viloyati (25 409  doza),

Toshkent viloyati (21 356 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

Farg`ona viloyatida 2 399 529 doza,  

Andijon viloyatida 2 359 068 doza,  

Namangan viloyatida 2 327 839 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar