AsosiyJamiyat

Koronavirus havo orqali tarqalmoqda

'Koronavirus havo orqali tarqalmoqda'ning rasmi

Koronavirusning «Alfa» va «Delta» kabi yangi variantlari odamlarga  uning dastlabki variantiga qaraganda tezroq yuqadi. Bu borada o`tkazilgan ikkita yangi tadqiqot bunga quyidagicha izoh beradi: virus havo orqali yanada samaraliroq tarqalish uchun rivojlanmoqda.

Hozirgi kun tadqiqotchilarining ko`pi koronavirus, asosan, erga tez tushadigan yirik tomchilar hamda bino ichida uzoq masofalarga harakatlana oluvchi va virus eng katta xavf tug`diradigan a`zo — o`pkaga joylashishi mumkin bo`lgan aerozollar deb ataladigan, maydaroq tomchilar orqali yuqadi degan to`xtamga kelishmoqda.

Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti virusologi, yangi tadqiqotlardan birini boshqargan Vinsent Myunster ta`kidlab o`tganidek: «Bu virusning yanada samaraliroq yuqish uchun rivojlangan versiyasiga o`xshaydi, o`ylaymanki, hammamiz buni kutganmiz va hozirda amalda ko`rib turibmiz».

Doktor Myunster jamoasi kichik aerozollar katta tomchilarga va «Alfa» yoki birinchi bo`lib Buyuk Britaniyada aniqlangan V.1.1.7 ga qaraganda ancha katta masofani bosib o`tishini ko`rsatdi. Ikkinchi tadqiqot esa «Alfa» bilan kasallangan odamlar virusning dastlabki variantlari bilan kasallanganlarga qaraganda nafas chiqarish orqali taxminan 43 barobar ko`proq virus tarqatishini namoyish etdi.  

«Bu, virus havo orqali yanada samaraliroq tarqalish uchun rivojlanayotganidan dalolat beradi", — deydi Virjiniya Texnologiya institutining havo-tomchi yo`llari orqali yuqadigan viruslar bo`yicha mutaxassisi Linsi Marr.

    Boshqa yangiliklar