Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar R.A. va Sh.Z. Andijon tumani sanoat hududida joylashgan 20 sotix er maydonini fuqaroga o`zlariga tegishli ekanligini aytib, ushbu er maydonini 5 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 1 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olgan.
Xuddi shunday, Departamentning Yangi Namangan tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.X. va Z.A.lar fuqaroga 4 sotix er maydoniga egalik qilish huquqini beruvchi qarorni 4 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali chiqartirib berishni va`da qilishib, shundan 1 800 AQSh dollari va 12,9 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






