Navoiy viloyati Konimex tumanida 33 yoshli erkak o`zini poezd ostiga tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informasion dasturida ma`lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, 27 sentyabr kuni soat 06:50 larda tumanning “Sho`rtepa” MFYda yashovchi 1988 yilda tug`ilgan fuqaro uyidan ishga ketayotganini aytib, chiqib ketgan va harakatlanib kelayotgan poezd ostiga o`zini tashlagan.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishchi bo`lib ishlagan marhum fuqaroning uch nafar farzandi bo`lib, u halokat yuz berishidan oldin akasiga qo`ng`iroq qilib, bolalarini omonat topshirgan.
Mazkur holat bo`yicha mahalla fuqarolari bilan o`tkazilgan muhokamada marhumning o`z joniga qasd qilishigacha olib boruvchi sabab yo`q bo`lgani aytib o`tilgan.
Ta`kidlanishicha, holat yuzasidan viloyat prokuraturasi va IIB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






