AsosiyJamiyat

Qibray tumani “Tuzel” podstansiyasida qisqa tutashuv sodir bo`ldi

'Qibray tumani “Tuzel” podstansiyasida qisqa tutashuv sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 9 oktyabr kuni soat 5:40 da Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 35/10 kV kuchlanishli “Tuzel” podstansiyasining 10 kV li shinalar sistemasidagi tayanch izolyatorida qisqa tutashuv sodir bo`lgan.

Buning natijasida quvvati 6300 kVA dan bo`lgan ikkita T-1 va T-2 transformatorlari o`chgan.

Hududiy elektr tarmoqlari AJning xabar berishicha, hozirda “Toshkent HETK” AJning maxsus brigadasi tomonidan podstansiyadagi nosozlikni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta`mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va elektr energiyasi tarmoqqa ulanadi.

"Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz" deyilmoqda.

    Boshqa yangiliklar