Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, "Nukusga ketishda daxshatli YTH ro`y berdi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan YHXBB quyidagi ma`lumotlarni berdi.
Joriy yilning 9 oktyabr kuni soat 16:30 larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Sarimoy qishlog`i xududidan o`tgan A-380 “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lining 523-kilometrida haydovchi, 1989 yilda tug`ilgan N.D. "Nexia" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, charchoq oqibatida boshqaruvni yo`qotgan va transport vositasi yo`l chetiga chiqib ag`darilgan.
Natijada, avtomobil yo`lovchilari Q.X. va Z.U. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazku YTH yuzasidan Tuproqqal`a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






