AsosiyJamiyat

«Navoiyazot»ga qarashli quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgan

'«Navoiyazot»ga qarashli quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgan'ning rasmi

Davlat ekologiya qo`mitasi «Navoiyazot» korxonasi qudug`idan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlanganligini aniqladi. Xavfli moddalarning ruxsat etilgan konsentrasiyasi bir necha bor oshib ketishi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga olib keldi.

«Navoiyazot» AJga qarashli 267-quduqdan (1-tashlama) daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgan, deya xabar berdi Davlat ekologiya qo`mitasi matbuot xizmati.

Xabarga aytilishicha, Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oqib o`tuvchi qismining 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olib, tegishlicha o`rganilgan. Natijada daryoga chiqarilgan moddalar belgilangan me`yorlardan bir necha barobarga yuqoriligi aniqlangan. Xususan:

  • azot ammoniy 21 barobar;
  • azot nitrat 2,6 barobar;
  • azot nitrit 60 barobar;
  • xloridlar 1,3 barobar;
  • mis ionlari 2,1 barobar.

Ma`lum bo`lishicha, sanab o`tilgan moddalarning belgilangan me`yordan oshirilishi tufayli daryoda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat bo`yicha dastlabki surishtiruv ishlari davom etmoqda. Ishning yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berilishi va bu ma`lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishi aytilgan.

    Boshqa yangiliklar