AsosiyJamiyat

"Qish-2021" jadvaliga o`tish munosabati bilan Samarqand, Urganch va Farg`onadan Istanbulga uchish kunlari va vaqti o`zgaradi

'"Qish-2021" jadvaliga o`tish munosabati bilan Samarqand, Urganch va Farg`onadan Istanbulga uchish kunlari va vaqti o`zgaradi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways"AJ 2021-yil noyabridan 2022-yil martiga qadar Samarqand-Istanbul-Samarqand, Urganch-Istanbul-Urganch hamda Farg`ona-Istanbul-Farg`ona yo`nalishlariga qatnov kunlari va vaqti o`zgartirilishini ma`lum qildi.

 

Yangi jadvalga ko`ra, Samarqand-Istanbul-Samarqand yo`nalishi bo`yicha parvozlar dushanba, chorshanba va juma kunlari (haftasiga uch marotaba), Urganch – Istanbul – Urganch yo`nalishlari bo`yicha seshanba kunlari (haftasiga bir marotaba) va Farg`ona – Istanbul – Farg`ona yo`nalishlari bo`yicha chorshanba va shanba kunlari (haftasiga ikki marotaba) amalga oshiriladi.

 

Samarqand-Istanbul-Samarqand

  • Samarqanddan uchish: 08: 40 (Toshkent vaqti bilan);
  • Istanbulga kelish: 11: 40 (Istanbul vaqti bilan);
  • Istanbuldan ketish: 13: 10 (Istanbul vaqti bilan);
  • Samarqandga kelish: 19: 25 (Toshkent vaqti bilan).

Samarqand-Istanbul yo`nalishidagi aviachipta narxi 2 mln 899 ming so`mdan, Samarqand – Istanbul – Samarqand yo`nalishi bo`yicha esa, 4 mln 215 ming so`mdan boshlanadi.

 

Urganch-Istanbul-Urganch

  • Urganch shahridan jo`nab ketish: 09:30 (Toshkent vaqti bilan);
  • Istanbulga kelish: 11: 50 (Istanbul vaqti bilan);
  • Istanbuldan ketish: 13: 20 (Istanbul vaqti bilan);
  • Urganch shahriga kelish: 19: 05 (Toshkent vaqti bilan).

Urganch-Istanbul yo`nalishidagi aviachipta narxi 2 mln 691 ming so`mdan, Urganch – Istanbul – Urganch yo`nalishi bo`yicha esa, 4 mln 18 ming so`mdan boshlanadi.

 

Farg`ona-Istanbul-Farg`ona

  • Farg`ona shahridan jo`nab ketish: 08: 45 (Toshkent vaqti bilan);
  • Istanbulga kelish: 12: 25 (Istanbul vaqti bilan);
  • Istanbuldan ketish: 14: 00 (Istanbul vaqti bilan);
  • Farg`onaga kelish: 20: 50 (Toshkent vaqti bilan).

Farg`ona-Istanbul yo`nalishida aviachipta narxi 2 mln 899 ming so`mdan, Farg`ona – Istanbul – Farg`ona yo`nalishi bo`yicha esa 4 mln 215 ming so`mdan boshlanadi.

Aviachiptalar narxi 06.10.2021 holatiga ko`ra amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar