Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan joriy yilning 10 va 17 oktyabr kunlari soat 9:00 dan 15:00 gacha poytaxtimizdagi yirik savdo majmualari hamda bozorlarda sayyor qabullar o`tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar.
Sayyor qabullarda fuqarolarga:
- davlat xizmatlari ko`rsatiladi;
- sohaga oid bepul huquqiy maslahatlar beriladi;
- saylov qonunchiligi bo`yicha targ`ibot va tashviqot ishlari olib boriladi.
Sayyor qabullar o`tkaziladigan manzillar: Oloy bozori, Eko bozor, Chorsu bozori, Qo`yliq bozori, Chilonzor buyum bozori (Ippodrom)






