AsosiyJamiyat

Aholidan asossiz ortiqcha hujjat talab qilgan mansabdorlar javobgarlikka tortildi

'Aholidan asossiz ortiqcha hujjat talab qilgan mansabdorlar javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan 29 ta vazirlik va idoralarda o`rganildi.

O`rganish jarayonida Prezident Farmoni bilan aholi va tadbirkorlik sub`ektlaridan talab qilinishi bekor qilingan hujjatlarni davlat xizmati ko`rsatishda aholi va tadbirkorlik sub`ektlaridan so`rab olinganligi (ortiqcha hujjatlar olinganligi) uchun vazirlik va idorlarning 9 nafar xodimi ma`muriy javobgarlikka, 32 nafari intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Adliya vazirligi barcha davlat organlari, xo`jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari rahbarlarini aholi va tadbirkorlik sub`ektlarini ovora qilmaslikka, ulardan qonun hujjatlarida belgilanmagan hujjatlarni talab qilib olmaslikka chaqirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar