AsosiyJamiyat

YTHlarning oldini olishda qo`llanilayotgan noodatiy uslub tanqidga uchradi

'YTHlarning oldini olishda qo`llanilayotgan noodatiy uslub tanqidga uchradi'ning rasmi

Yangihayot tumanida, piyodalar serqatnov bo`lgan yo`lda transport vositalari tezligini cheklash uchun sun`iy notekisliklar (silliq qilib erdan ko`tarilgan piyodalar o`tish yo`li) barpo etilibdi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining Matbuot kotibi - Axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov bu innovasion yo`lakni boshqa hududlarga tatbiq qilmaslikni tavsiya qilmoqda.  

" - Hozircha bu g`oya natija berar, lekin ertaga qish-qirovli kunlarda bu yo`lakdan o`tayotgan piyodalar yo`lning o`rtasida birma-bir sirpanib yiqilishlari mumkinligi haqida kimdir o`yladimi?

Qishki shinalar o`rnatilmagan avtomobillar ham bu yo`lak oldiga kelib sirg`anadi, yoki o`tib ketish uchun atay tezlikni oshirishiga to`g`ri keladi", - deydi  Bobur Tulyaganov.

    Boshqa yangiliklar