AsosiyJinoyat

“O`zsuvta`minot” AJ: 9 oyi ichida MChJlar tomonidan qariyb 9 milliard so`mlik korrupsion holatlarga yo`l qo`yilgan

'“O`zsuvta`minot” AJ: 9 oyi ichida MChJlar tomonidan  qariyb 9 milliard so`mlik korrupsion holatlarga yo`l qo`yilgan'ning rasmi

“O`zsuvta`minot” AJning "Darakchi"ga ma`lum qilishicha, 2021 yilning 9 oyida komplaens-nazorat bo`limi tomonidan joylarda o`tkazilgan o`rganishlar davomida mas`uliyati cheklangan jamityalar tomonidan 109 ta holatda 9,1 mlrd. so`mlik moliyaviy xatoliklar va korrupsion holatlarga yo`l qo`yilgani aniqlangan.

Shuningdek, 55 ta holat bo`yicha 3 mlrd. so`mlik Jamiyat mulki davlatga qaytarilgan.

 Ta`kidlanishicha, 42 ta holat bo`yicha 7,4 mlrd. so`mlik hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan bo`lib, Jamiyatga etkazilgan moliyaviy zararni aybdor shaxslardan undirish choralari ko`rilmoqda. 

"Hozirda etkazilgan zararni hisoblash va tegishli tartibda undirish, aybdorlarga nisbatan qonuniy choralar ko`rish bo`yicha ishlar olib borilmoqda",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar