AsosiyJamiyat

Toshkentda yana o`nlab qimmatbaho daraxtlar kesilish arafasida

'Toshkentda yana o`nlab qimmatbaho daraxtlar kesilish arafasida'ning rasmi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani, Feruza dahasidagi 8 va boshqa uylar oralig`idagi daraxtzordan iborat bolalar maydoni va aholi dam olish joyi aholi  noroziligiga qaramay auksion savdolariga qo`yilgan va 
"PREMIUM ENGINERING GROUP" MChJ tomonidan mehmonxona qurish maqsadida yutib olingan. Bu haqda deputat Rasul Kusherboev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar qildi. 

"Aholi ko`p yillik manzarali daraxtlar kesilishi va ko`p qavatli uylari oralig`i  diqqinafas tor joyga aylantirilishidan norozi.

Mas`ullar tabiatni asrash yo`lidan bormay, xalq fikrini inobatga olmagach, ohiri odamlar o`zlari hududni himoya qilishga o`tishdi. Ular «Yalang`ach birinchi kommunal» uy joy mulkdorlari shirkati orqali erni auksionga qo`ygan tashkilotchilar va daraxt kesishga chog`langan tadbirkorlik sub`ektini sudga beribdi. 

Ko`ramiz daraxt kesishga moratoriy joriy qilingan bir vaqtda daraxtlar taqdiri nima bo`larkin.

Nima bo`lgandayam xalq fikrini bir tiyinga olmay, faqat "soqqa"ni o`ylaydigan mas`ullarimiz bor bo`lsin, yashanglar!!!

Hokimiyatga esa gap yo`q!" - deya yozib qoldirgan Kusherboev.

 

    Boshqa yangiliklar