AsosiyJamiyat

Toshkentdagi yirik savdo majmualarida DXA tomonidan sayyor qabullar o`tkazildi

'Toshkentdagi yirik savdo majmualarida DXA tomonidan sayyor qabullar o`tkazildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Respublikamizning barcha tuman (shahar)lari, xususan, Toshkent shahar dehqon bozorlari hamda savdo majmualarida sayyor qabullar tashkil etilib, davlat xizmatlari, jumladan, FHDYo sohasiga oid xizmatlar sayyor tartibda taqdim etilmoqda. 

Sayyor qabullarda fuqarolarga davlat xizmatlari ko`rsatilishi bilan birga, sohaga oid bepul huquqiy maslahatlar ham berildi hamda saylov qonunchiligi bo`yicha targ`ibot va tashviqot ishlari o`tkazildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugun DXA Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi dehqon va buyum bozorlari, savdo majmualaridagi tadbirlarda hozirga qadar 500 dan ortiq fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi, 100 dan ortiq sayyor xizmat ko`rsatildi.

Eslatib o`tamiz, ushbu tadbir soat 15:00ga qadar davom etadi. Kelgusi yakshanba 17 oktyabr kuni ham bozorlarda loyiha davom etadi.

 

    Boshqa yangiliklar