AsosiyJamiyat

O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan xususiy korxonalar soni ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan xususiy korxonalar soni ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan xususiy korxonalar soni haqida ma`lumot berdi.

 Unga ko`ra, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga respublikada mavjud tadbirkorlik sub`ektlari soni (fermer va dehqon xo`jaliklarisiz) 475 349 ta bo`lib, shundan xususiy korxonalar soni 96 278 tani tashkil etadi.

 Hududlar kesimida ularning soni quyidagicha: 

  • Toshkent shahri – 13 138 ta; 
  • Farg`ona viloyati – 11 929 ta; 
  • Qashqadaryo viloyati – 10 345 ta; Surxondaryo viloyati – 7 502 ta; 
  • Namangan viloyati – 7 453 ta.

Shuningdek, xususiy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha soni:

 🔹savdoda – 37 940 ta;

🔹sanoatda – 17 057 ta;

 🔹yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda – 8 329 ta;

🔹qurilishda – 7 826 ta;

🔹qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligida – 6 914 tani tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar