2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzortumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan Lutfiy ko`chasidagi D - 426 mm o`rta bosim er osti gaz quvurini mukammal ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu sababli, 2021 - yil 11 - oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Lutfiy mahallasidagi 378 ta erli xonadon, 2 ta ko`p qavatli uydagi 98 ta xonadon, “1 - Qatortol” mahallasidagi 356 ta erli xonadon, 2 ta ko`p qavatli uydagi 128 ta xonadon, 8 - mavzedagi 58 ta ko`p qavatli uylardagi 2298 ta xonadon, 9 - A mavzedagi 48 ta ko`p qavatli uylardagi 1896 ta xonadonlar, 7 - mavzedagi 64 ta ko`p qavatli uylardagi 2682 ta xonadonlar hamda ushbu manzillardagi ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`ramoqda.






