AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" ushbu haftada qanday ob-havo kuzatilishini ma`lum qildi

'"O`zgidromet" ushbu haftada qanday ob-havo kuzatilishini ma`lum qildi'ning rasmi

"O`zgidromet" ushbu haftada qanday ob-havo kuzatilishini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun va ertaga mamlakat sovuq antitsiklon ta`siri ostida bo`ladi. Bunday ob-havo asosan tungi haroratga ta`sir qilib, 2-5° iliqni tashkil etadi. Kunduz kuni quyosh havoni 18-20° iliqqacha isitadi.  

Hafta o`rtasidan havo harorati asta-sekin ko`tarila boshlaydi va oktyabr oyining o`rtalari uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlarga etadi. Havo harorati kechalari 6-9° iliq, kunduz kunlari 20-23° iliq atrofida, janubda 25° iliqqacha bo`ladi.

"Hafta davomida yog`ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo`ladi. 

12-13 oktyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin",–deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar