AsosiyJamiyat

"Biz dunyoni yaxshi tomonga o`zgartira oladigan yangi avlod etakchi xotin-qizlarini tarbiyalaymiz!" Senat raisi O`zbekiston qizlarini bayram bilan tabrikladi

'"Biz dunyoni yaxshi tomonga o`zgartira oladigan yangi avlod etakchi xotin-qizlarini tarbiyalaymiz!" Senat raisi O`zbekiston qizlarini bayram bilan tabrikladi'ning rasmi

Bugun, 11 oktyabr —  Xalqaro qizlar kuni butun dunyoda nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali tabrik ulashdi.   

"Qizlar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib, biz dunyoni yaxshi tomonga o`zgartira oladigan yangi avlod etakchi xotin-qizlarini tarbiyalaymiz!  

Va bugungi kunda bizning sa`y -harakatlarimiz hamda intilishlarimiz barcha qizlarimiz sog`lom va himoyalangan, munosib ta`lim olib, bandligi ta`minlangan, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ladigan dunyoni yaratishga qaratilgan.

O`zbekistonimizning jondan aziz qizaloqlarini baxtli ko`rishni hammamiz istaymiz. Qizlarimizning farovon kelajagi uchun barchangizni yanada mas`uliyatliroq bo`lishga chaqirib qolaman!" - deya yozib qoldirgan Senat raisi. 

    Boshqa yangiliklar