Ishdan bo`shatilgan fuqarolarga yangi ish o`rinlari taklif etildi
Rossiya Federasiyasining Krasnodar o`lkasidagi ish beruvchi korxonalardan biriga joriy yil iyul oyida borgan bir guruh O`zbekiston fuqarolari ish hajmi kamaygach, tashkilot ishchilarni ishdan bo`shatayotgani haqida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga murojaat qildi.
Ushbu ish beruvchi korxona tomonidan 80 nafardan ziyod ishdan bo`shatilgan fuqarolarga yangi ish joylarini taklif qilish maqsadida Agentlik bilan shartnomaga ega bo`lgan, bugungi kunda bo`sh ish o`rinlari mavjud tashkilotlar takliflari shakllantirildi.
Joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari fuqarolar va “Alfa stroy”, “DWG” MChJlar vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, fuqarolarga ish beruvchi talablari va yaratiladigan sharoitlar tushuntirildi.
Mehnat migrantlarining oylik maoshlari to`liq berilmaganligi sababli, ularning sobiq ish beruvchi korxonasi mas`ullariga Vakolatxona tomonidan rasmiy murojaat yuborildi.






