Amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoev saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida qo`shni Afg`onistondagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tgan yig`ilishdan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar qildi.
“Ertalab turib O`zbekiston-Afg`oniston chegaralarida nima bo`ldi, deb so`rayman. 30-40 daqiqa menga chegaralarimizdagi vaziyat haqida xabar berishadi. Yangi rahbarlar bilan muzokara olib boryapmiz. O`tiraversak, vaziyatni bizga hech kim aytmaydi. Jafokash afg`on xalqiga qo`limizdan kelgancha yordam berishga tayyormiz. Bizning yagona maqsadimiz – O`zbekistonga Afg`onistondan o`q otilmasin.
Men lavozimga kelganimda 57 foiz chegaramizda muammolar bor edi. Qo`shni mamlakatlar bilan muzokaralar yordamida ularning aksariyatini hal qildik”, deydi Shavkat Mirziyoev.






