AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev yangi tizim sifatida joriy etilgan “hokim yordamchilari”ning vazifalarini tushuntirdi

'Shavkat Mirziyoev yangi tizim sifatida joriy etilgan “hokim yordamchilari”ning vazifalarini tushuntirdi'ning rasmi

Ayni paytda Qashdarayo viloyatida bo`lib turgan O`zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev yangi tizim sifatida joriy etilgan “hokim yordamchilari” lavozimlari egalarining vazifalarini tushuntirib o`tdi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. 

Bu lavozim  hududlardagi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish va kambag`allikni qisqartirish uchun joriy etiladi. Ular kredit va subsidiya berish, mahalladagi tomorqa va bo`sh erlardan samarali foydalanish, kooperasiyalar tashkil qilish bo`yicha aholiga ko`maklashadi.

Ularning o`z “byudjeti” bo`lib, ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratish, jamoat ishlariga jalb qilish, yoshlarni kasbga o`qitishni tashkil etish huquqlari beriladi.

Imtiyozli kredit va subsidiya oladigan aholi va ishsiz fuqarolar bilan kambag`allikdan chiqish va ko`proq daromad olishga undaydigan “ijtimoiy shartnoma” tuzishga ham hokim yordamchilari mas`ul bo`ladi.

Yoshlarni “hokim yordamchisi” lavozimiga qo`yishdan oldin, 2 oy davomida yangi tizim asosida ishlashga o`qitamiz, 2-3 yil mahallada ishlab, o`zini ko`rsatganlarini kelgusida rahbarlik lavozimlariga qo`yamiz”, dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar