Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda «O`zsuvta`minot» AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma`lum qildi:
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlarini amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident qarorida suv ta`minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish bo`yicha vazifalar ham ko`zda tutilgan bo`lib, unga ko`ra, joriy yilda 352 ta ob`ektda, 3 447,3 km uzunlikdagi tarmoq va 359 ta inshootda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 1 trln. 055 mlrd. so`m mablag` ajratilgan bo`lib, shundan 839,3 mlrd. so`mlik manzilli dastur tasdiqlangan.






