AsosiyJamiyat

“Taxtaqoracha” dovoni qayta ta`mirlanadi

'“Taxtaqoracha” dovoni qayta ta`mirlanadi'ning rasmi

Qashqadaryoni Samarqand bilan bog`lovchi dovon davlat-xususiy sheriklik asosida qayta ta`mirlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatidagi saylovchilar bilan bo`lgan uchrashuvda ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog` va Qamashining 1 million aholisiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, Qashqadaryoni Samarqand bilan bog`lovchi dovon davlat-xususiy sheriklik asosida qayta ta`mirlanadi, shuningdek, tonnel qurilishining iqtisodiy samaradorligi ham o`rganib chiqiladi.  

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida kelgusi besh yilda 140 ta qishloq va mahallada keng ko`lamli obodonlashtirish va qurilish-ta`mirlash ishlari bajarilib, bunga 1,6 trillion so`m mablag` yo`naltiriladi.  

Viloyat aholisini qiynab kelayotgan eng dolzarb muammolardan yana biri – uy-joy bilan ta`minlash masalasidir. Joriy yilda uy-joy masalasida Xalq qabulxonalariga 6 ming nafar fuqaro murojaat qilgan bo`lib, bu respublikada eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar