1

“O`zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Qashqadaryoda gaz qazib chiqarish holatini o`rgandi (foto)

Jamiyat 12.10.2021, 10:38
Teglar: O`zbekneftgaz
“O`zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Qashqadaryoda gaz qazib chiqarish holatini o`rgandi (foto)

“O`zbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari jamiyatga tegishli konlarda geologik izlov-qidiruv ishlari, gaz quduqlarini burg`ilash va kapital ta`mirlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, ularning samaradorligi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini o`rganish maqsadida Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo`ldi.

Shuningdek, Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sho`rtan” konida tashkil etilgan shtabda departament boshliqlari, boshqarma direktori, o`rinbosarlari va mutaxassislari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi, deya xabar bermoqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati rahbari.

Yig`ilishda, Sho`rtan regionidagi konlarda olib borilayotgan geologik izlov-qidiruv ishlari doirasidagi ishlar muhokama qilingan.

Xususan, “Sho`rtan” konida uglevodorodlar zaxirasini o`stirish bo`yicha olib borilayotgan 3D seysmika-geofizika ishlari holati o`rganilib, oktyabr oyida mintaqaning chuqur qismida joylashgan strukturalarni aniqlash uchun 2 ta izlov-qidiruv quduqlarining o`rnini belgilash, burg`ilash ishlarini boshlash bo`yicha tegishli departament boshliqlariga topshiriqlar berilgan.

Shuningdek, geologik izlov-qidiruv Dasturi doirasida “Ettiquduq”, “Bo`talabuloq”, “Oydin”, “Niyoz” kabi istiqbolli maydonlarida qazilayotgan ilzov-qidiruv quduqlarida burg`ilash ishlarini tezlashtirib yakunlash borasida vazifalar belgilab berilgan.

2021 yil yakuni bilan uglevodorodlar qazib chiqarish reja ko`rsatkichlarini bajarish, gaz qazib olishni oshirish bo`yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, tadbirlarning samaradorligi ta`minlash uchun konlardagi quduqlarda olib boriladigan burg`ilash ishlarini tezlashtirish va ularni o`zlashtirish uchun gaz quvurlarini qurish loyihalarini jadallashtirish bo`yicha tegishli departament va boshqarma boshliqlariga topshiriqlar berilgan.

Quduqlardan gaz qazib olishni jadallashtirish bo`yicha quduqlarni kapital ta`mirlash va intensifikasiya ishlarini olib borishdagi muammolar muhokama qilinib, intensifikasiya ishlarida yangi texnologiyalarni keng qo`llash va muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish, mavjud masalalarni hal etish bo`yicha tegishli mas`ullarga rejalar belgilab berilgan.

Yig`ilish davomida Sho`rtan bosh inshoati qurilmalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko`paytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o`z ichiga olgan “yo`l xaritasi”ning ijro holati ham muhokama qilinib, unda belgilangan ishlarning samaradorligi baholangan.

"Shu bilan birgalikda “Ishchi guruh” kondagi yangi quduqlarni burg`ilash qurilmalarida va quduqlarni kapital ta`mirlash uskunalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi", –deyiladi xabarda.

Sharhlar

Qarshida o`tkazilayotgan hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz”ga qarashli korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda

07.10.2022, 10:15

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan “Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy...
“O`zbekneftgaz” dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatdi

18.01.2022, 21:11

So`nggi yillarda Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan transformasion jarayonlar  neft-gaz tarmog`iga ham ijobiy tasir ko`rsatmoqda .Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning neft-gaz tarmog`i rivojlanishiga qaratayotgan...
“O`zbekneftgaz”: Qarshi shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo`lib o`tmoqda (Foto)

12.11.2021, 09:06

 2021 yil 11-12 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, to`qimachilik, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy sanoat yarmarkasi o`tkazilmoqda. Bu haqda...
“O`zbekneftgaz”: O`zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI–98 markali benzin ishlab chiqarildi

21.09.2021, 11:00

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi oldiga aholini sifatli neft mahsulotlari bilan ta`minlash hamda uning yangi turlarini ishlab chiqish vazifalari qo`yilgan edi.Belgilangan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1