AsosiyJamiyat

Tovar va xizmatlar to`g`risidagi ma`lumotlar davlat tilida taqdim etilishi shartligi belgilanmoqda

'Tovar va xizmatlar to`g`risidagi ma`lumotlar davlat tilida taqdim etilishi shartligi belgilanmoqda'ning rasmi

 Deputatlar “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ikkinchi o`qishda atroflicha ko`rib chiqmoqdalar. Bu haqda Oliy majlis qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, qonun loyihasini maromiga etkazishda iste`molchilar huquqlarini kafolatlash, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ish va xizmat ko`rsatuvchi) mas`uliyatini yanada oshirishga qaratilgan normalar bilan boyitilgan.

 Shuningdek, qonun loyihasida ishlab chiqaruvchi haqida, savdo va xizmat ko`rsatish qoidalari, tovar to`g`risidagi axborotni iste`molchilarga davlat tilida to`liq etkazish, tovarni ekspertizadan o`tkazish holatlari o`z aksini topgan.

"Loyihada vakolatli davlat organi va nodavlat jamoat birlashmalarining iste`molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolat va huquqlari mustahkamlab qo`yilmoqda",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar