AsosiyJamiyat

"Chevrolet Onix" qachon sotuvga chiqishi ma`lum bo`ldi

'"Chevrolet Onix" qachon sotuvga chiqishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Chevrolet Onix avtomobili sotuvga chiqdi” degan mazmundagi video yuzasidan "UzAuto Motors" munosabat bildirgani haqida xabar bergandik.

"UzAuto Motors" axborot xizmati ma`lum qilishicha, Onix avtomobili sotuvi 2022 yil oxiri, 2023 yil boshida yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Zamon.uz nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Traker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.

Chevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so`ng, olti oylik sinov muddatidan o`tishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo`llarda sinovdan o`tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to`liq testdan o`tgandan keyingina boshlanadi.

Ma`lumot uchun, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig`iladi. Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o`tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi.

Boshqa yangiliklar