“Nyukasl” klubi Saudiya Arabistoni shahzodasiga tegishli fond tomonidan sotib olinganida so`ng APLning 19ta klubi tomonidan norozilik shikoyati bildirildi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, klublar “Nyukasl”ning sotib olinishi yuzasidan Premer-liga tashkilotiga shikoyat qilgan. Klublar shoshilinch yig`ilish tashkil qilishni istashmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Angliya Premer-ligasi ishtirokchilari “Nyukasl”ga ajratiladigan yuqori investisiyalar tufayli transfer narxlari va ish haqining oshirilishidan xavotirga tushishgan.
Eslatib o`tamiz, Saudiya Arabistoni shahzodasiga tegishli fond 350 million funt sterling evaziga “Nyukasl”ning 80 foiz aksiyalarini sotib oldi.
Klubning yangi egallari qishki transferlar mavsumi vaqtida “Nyukasl”ning xaridlari uchun 190 million funt sterling ajratmoqchi.
Izzatbek ABDUVAHOBOV






