Sirdaryo viloyati Majburiy ijro byurosi bergan ma`lumotga ko`ra, Boyovut tumanida 3 nafar farzandli oila qayta tiklandi.
Qayd etilishicha, viloyat Majburiy ijro byurosi Boyovut tumani bo`limiga fuqarolik ishlari bo`yicha Boyovut tumanlararo sudining 2021 yil 26 martdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.M.dan undiruvchi Sh.J. foydasiga 2014, 2017, 2018 yillarda tug`ilgan uch nafar voyaga etmagan farzandlari moddiy ta`minoti uchun har oy jami daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish to`g`risida ijro hujjati kelib tushgan.
– Aliment to`lovlari oyma-oy to`lab kelingan bo`lsada, davlat ijrochilari tomonidan er-xotin o`rtasida tushuntirish ishlari o`tkazildi, – deydi Byuroning Boyovut tumani bo`limi davlat ijrochisi Bekzod Ibragimov.
O`tkazilgan tushuntirish ishlaridan so`ng oila tiklangan.






