Shavkat Mirziyoev Buxoro viloyati iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish bo`yicha besh yillik dastur ishlab chiqilganini ma`lum qildi. Dasturdan viloyatda elektr energiyasi manbalarini yaratish masalalari ham o`rin olgan, deb xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Keltirilishicha, 1,6 milliard dollar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya hisobidan 4 ta shamol, quyosh va issiqlik elektr stansiyalari barpo etiladi.
Jumladan, 2023 yilda Peshku va G`ijduvonda jami quvvati 1 ming megavatt/soat bo`lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi quriladi.
Barcha stansiyalar ishga tushirilishi bilan ular yiliga 6,3 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa viloyat ehtiyojiga nisbatan ikki barobar ko`p, degani.






