“Jurabek Laboratories” MChJ qo`shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan "Sputnik V" vaksinasi 1- va 2- komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Bu yurtimizda tayyorlanayotgan ikkinchi vaksina bo`lib, bundan avval ushbu korxonada jami 7 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi ishlab chiqarilgan bo`lib, uning 1 458 820 dozasi emlash uchun topshiriligan edi.
Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 473 528 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
- 21 958 488 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 720 500 dozasi "Sputnik V",
- 3 000 060 dozasi Moderna,
- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Ma`lum qilinishicha, 22 721 129 dozasi emlash jarayonlarida qo`llanilgan bo`lib, 5 226 139 nafar aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda to`liq emlangan.






