AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat 22 darajagacha ko`tariladi

'Bugun O`zbekistonda harorat 22 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 13 oktyabrda kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 17-22° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 19-21° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 9-14° iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar